Petereburglik fotosuratchi va bloger Leonid Balanev farzandining dunyoga kelgan paytidan boshlab, maktabga borgunga qadar bo`lgan hayotini 3 daqiqalik videorolikka joylashtirdi, deb xabar berdi Deti.mail.ru nashri.
Leonidning o`g`li Mark bu yil maktabga boradi. Leonid mazkur rolikni “Bolalik haqida eslash zarur bo`lgan xotiralar”, deb atadi va bog`chadagi bitiruv kechasi munosabati bilan o`g`liga sovg`a qildi. Leonid o`zining bolaligini yaxshi eslay olmasligini, fotosuratlari kamligi uchun farzandining tug`ilganidan tortib, to maktabga borguna qadar bo`lgan hayotini “hujjatlashtirgani” ni bildirdi. U 3 daqiqalik vidorolikka o`g`lining etti yoshgacha bo`lgan hayotini joylashtirdi va video tagida “Mark, bu videoni o`n yildan keyin qayta tomosha qil”, deb izoh qoldirdi.