Donald Tramp AQSh prezidenti bo`lib saylanganiga to`rt yarim oy to`lgandan keyin AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp o`g`li Berron bilan Oq uyga ko`chib o`tdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Melanya o`zining Twitter mikroblogiga derazasi Oq uyga qaratilgan fotosuratni joylashtirib, “Yangi uyga ko`chib o`tish lahzalarini intiqlik bilan kutmoqdaman!”, degan izoh qoldirdi.
Ilgari AQSh prezidentining rafiqasi turmush o`rtog`i Oq uyga ko`chib o`tganiga qaramay, Nyu-Yorkda qolishga qaror qilgani haqida xabar bergan edik. Chunki 10 yoshli Berron Nyu-Yorkda o`qiganligi bois, u o`quv yilini nihoyasiga etkazishi lozim edi. OAVlarning xabar berishicha, shahar polisiya boshqarmasi Nyu-Yorkda Trampning oilasini muhofaza qilish uchun kuniga 127-146 ming dollar sarflagan.
23.01.2021, 11:21
Aqmerika Qo`shma Shtatlari Donald Tramp va uning rafiqasi uchun taxminan 1,5 million dollar ajratadi. Bu haqda "Fokus" xabar berdi.AQShning 45-prezidenti Donald Tramp yiliga 221,4 ming...20.01.2021, 14:09
AQSh prezidenti Donald Tramp 73 kishini afv etdi va yana 70 kishiga jazo muddatini qisqartirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib Ria Novisti xabar...21.11.2020, 08:58
Nyu-York bosh prokuraturasi AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivankaga nisbatan tergov ishlarini boshladi. Ma`lumotlarga ko`ra, prezident soliqlarni to`lamaslik uchun millionlab dollarlarni konsalting xizmatlariga o`tkazgan, aslida...08.10.2020, 23:33
AQSh prezidenti Donald Trampni COVID-19’dan davolanish narxi 100 ming dollardan oshishi mumkin, deb ma`lum qildi “RBK”ning The New York Times bo`yicha ma`lumotiga tayanib Daryo.Ushbu summaga...