AsosiyDunyo

​Qirg`izistonlik yoshlar chet ellik talabalarni tiz cho`ktirib, kechirim so`rashga majbur qildi (Video)

'​Qirg`izistonlik yoshlar chet ellik talabalarni tiz cho`ktirib, kechirim so`rashga majbur qildi (Video)'ning rasmi

Qirg`izistonning Norin shahrida yashovchi bir guruh mahalliy yoshlar Markaziy Osiyo Universiteti (Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston va shahzoda Karim Og`a-xon tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro oliy o`quv yurti) talabalarini tiz cho`ktirib, kechirim so`rashga majbur qildi, deb yozdi Tengrinews.kz nashri.

Ularning bunday yo`l tutishiga 27 may kuni o`tkazilgan basketbol musobaqasida mahalliy yoshlar va chet ellik talabalar o`rtasida kelib chiqqan janjal sabab bo`ldi.

8 iyun kuni Norin shahrida yashovchi mahalliy yoshlar universitet binosi oldida yig`ilib, hukumatdan chet ellik talabalarni deportasiya qilishni talab qildi. Oradan biroz o`tgach, universitet talabalari va ba`zi bir o`qituvchilar tiz cho`kib, bo`lib o`tgan voqea yuzasidan ulardan kechirim so`radi. Shundan keyingina mahalliy yoshlar oliy o`quv yurti binosini tark etdi.

Norinlik yoshlarga nisbatan jamoat tartibini buzganlik yuzasidan huquq-tartibot idorasi “Bezorilik” moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`adi. Qirg`iziston bosh vaziri Sooroboy Jeenbekov mazkur jinoyat ishini o`z nazoratiga oldi.

Turmush nashrining ma`lumot berishicha, ertasiga norinlik yoshlar universitetga kelib, tiz cho`kkan professor-o`qituvchilardan bo`lib o`tgan voqea yuzasidan uzr so`ragan.



Boshqa yangiliklar