1

Inson qalbida mehr-shafqat uyg`otadigan voqealar

Dunyo 12.06.2017, 15:07
Teglar: Foto
Inson qalbida mehr-shafqat uyg`otadigan voqealar

Olamda ro`y berayotgan barcha negativ voqealar — urushlar, portlashlar, zo`ravonliklarga OAVlar butun diqqat-e`tiborini qaratib, ular haqidagi xabarlarni nashrning birinchi sahifasiga joylashtirishga harakat qiladi, deb yozdi Adme.ru nashri. Ammo biz odamlar nafaqat yomon voqealarga, balki ko`ngilni ko`taradigan hodisalarga ham e`tibor qaratishini istadik. Ularni o`qib, sizda ham atrofingizdagi insonlarga nisbatan mehr-shafqat uyg`onsa, kuyinchak insonga aylansangiz, biz o`z niyatimizga etgan bo`lamiz.

Shifokor shoshilinch operasiyani o`tkazish uchun bo`ronda 10 kilometr yo`l bosdi


Zenko Xrinkiv – Triniti shahar gospitalidagi yagona neyrojarroh hisoblanadi. U qo`shni shaharda bemorni operasiya qilayotganda, shoshilinch ravishda boshqa bemorning hayotini saqlab qolish uchun operasiyaga chaqirildi. U Triniti shahriga shaxsiy avtomashinasida qaytmoqchi bo`ldi, ammo ko`tarilgan bo`ron tufayli yo`llardagi harakat to`xtab qoldi. Shunda shifokor avtomashinasini tashlab, piyoda yo`lga chiqdi. U noqulay ob-havo sharoitida bir necha soat yo`l bosib keldi va og`ir miya jarrohlik operasiyasini o`tkazdi. Mazkur operasiya o`z vaqtida o`tkazilmaganda, bemorning olamdan o`tishi muqarrar edi.

P.S. Men seni sevaman


O`g`li tug`ilgandan keyin Rovenga “ichak saratoni” tashxisi qo`yildi va umrining sanoqli oylari qolganligi ma`lum bo`ldi. U o`g`li bilan muloqot qilishga shoshildi. Roven farzandiga aytgan allasini diskka yozdi. Vafotidan keyin ham o`g`lini tavallud ayyomi bilan qutlash uchun tabriknomalar tayyorladi. U 27 ta kimyoterapiyani, bir necha operasiyani va nur terapiyasini boshdan o`tkazdi.

“Bedavo dardga chalingan bemorlarning aksariyati ular uchun hayotining sanoqli kunlari emas, balki qanday yashash muhimligini aytishadi. Men ularning fikriga qo`shilmayman. O`g`lim Freddi bilan o`tkazgan va o`tkazadigan har bir soatim oltinga tengdir. Mazkur onlar men uchun juda ham qimmatlidir”, deydi Roven.

Sportchi Gas Kenuorti Sochidan o`zi bilan birga egasiz kuchuk bolalarini olib qaytdi


Olimpiya musobaqalari paytidayoq 22 yoshli sportchi hayvonlarni olib ketish uchun zarur bo`ladigan hujjatlarni rasmiylashtira boshlagan edi. Musobaqadan keyin Kenuorti vataniga qaytish uchun ikki kun vaqt sarfladi. Bu paytda kuchuk bolalari tog`dagi xavfsizlik xizmatining maxsus chodirida yashadi. Chunki ma`muriyat ularni Olimpiya qishlog`iga olib kelishga ruxsat bermadi. Bir necha olimpiyachilar ham Gasaga taqlid qilib, egasiz, ko`cha itlarini o`zlari bilan birga olib ketishdi.

Polaponni voyaga etkazgan aka-uka


O`rmonda sayr qilib yurgan aka-uka endigina tuxumdan chiqqan polaponni topib olishdi. Uni iniga joylashtirish maqsadida aka-ukaning qush uyasini qidirishi besamar ketdi. Shunda ular polaponni o`zlari bilan uyga olib ketib, inkubatorga joylashtirishdi va qushlar uchun mo`ljallangan maxsus emlar, qurt-qumursqalar bilan oziqlantirishdi. Polaponning ishtahasi karnay edi, 10 kunning ichida uning patlari paydo bo`lib, inkubatorda saqlashning hojati qolmadi. U sog`lom va baxtli qushga aylandi.

Kanada terma jamoasi murabbiyi rossiyalik sportchining singan chang`isini almashtirdi


Jastin Uodsvort olimpiadaning chang`i sprinti musobaqalarida rossiyalik sportchi Anton Gafarovga yordam berdi. Yarimfinal bo`layotgan paytda Anton Gafarov yiqilib, chang`isini sindirganiga qaramay, poygani davom ettirishga qaror qildi. Bunda unga kanadalik Jastin Uodsvort yordam berdi.

Odamlar muzlab qolgan bolani isitdi

Norvegiyada sovuq kunda o`rindiqqa yupun kiyingan bola o`tqazilib, odamlarning unga bo`lgan munosabatini o`rganish uchun ijtimoiy sinov o`tkazildi. Sinov natijasida odamlar bolaga chin ko`ngildan yordam berib, unga issiq kiyimlarini taqdim etgan va uyiga etib olishida ko`maklashgan. Siz ham har doim yon-atrofingizga e`tibor bering, balki kimdir sizning yordamingizga muhtojdir?

Mashinist chuqurga tushib qolgan fil bolasiga yordam berish uchun poezdni to`xtatdi


Hindistonda poezd yo`lovchilari chuqurga tushib, chiqa olmayotgan fil bolasiga yordam berish uchun mashinistdan poezdni to`xtatishni iltimos qilishdi. Yordam etib kelgunga qadar, yo`lovchilar filchani daraxt barglari bilan oziqlantirishdi. Etib kelgan qutqaruvchilar odamlar yordamida filchani chuqurdan olib chiqishdi.

Xitoylik erkak boshqaruvni yo`qotgan avtobusni to`xtatdi


O`zi ham avtobus haydovchisi bo`lgan Tyan Yuychao “shoshilinch to`xtash” tugmachasini bosdi. U avtomashinaning g`alati tarzda harakatlanayotganligini sezib qoldi (avtobus haydovchisining mazasi qochgan edi). U o`z avtobusini to`xtatib, yurib ketayotgan avtobusni to`xtatishga harakat qildi. Mazkur avtobus bir nechta avtomashinalarga urilganiga qaramay, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.

Bolalar egasiz mushuklarga kitob o`qib berishdi


AQShning Pensilvaniya shtatidagi mushuklar saqlanadigan joyda “ Kitob orqali do`stlashish” (The Book Buddies Program) aksiyasi o`tkazildi. Mazkur g`oya o`n yoshli bolaga tegishli bo`lib, u odamlarga ham, hayvonlarga ham kitob o`qib berish foydali, deb hisoblaydi. Bolalar o`qishni o`rganadi va hayvonlarga yordam beradi. Xotirjam ovozda kitob o`qish esa mushuklarni tinchlantirishga xizmat qiladi. Siz ham kechasi mushugingizga ertak o`qib berishni unutmang!

Qizning orzusi amalga oshdi


Mazkur fotosurat hozirda dunyoga mashhur bo`lgan Yuliya Lipniskayaning maktab davridagi fotoalbomidan olingan. U bolaligida muz ustida figurali uchish bo`yicha chempion bo`lishni va hayvonlar uchun maxsus turmaklarni amalga oshiruvchi saloni bo`lishni orzu qilgan. Ayni paytda u birinchi orzusiga erishdi.

Delfin odamlardan yordam so`radi


Delfin baliqchilar qarmog`iga ilinib qoldi. U qarmoqdan qutulganiga qaramay, uning o`tkir ilgagi suzgichiga qadalib qoldi. Delfin mazkur ilgak bilan qancha vaqt yashaganligi noma`lum, bir kuni u suvda suzayotgan g`avvoslarga ko`zi tushib, ularning oldiga suzib keldi. G`avvoslar gap nimadaligini tushunguncha, delfin ular bilan birga suzishda davom etdi. G`avvoslar suv ostida kichkina operasiyani amalga oshirib, bechora delfinni qarmoq ilgagidan qutqarishdi. Shundan keyin xursand bo`lgan delfin o`z yo`lida davom etdi.

Klint Istvud tomog`iga pishloq bo`lagi tiqilib qolgan odamning hayotini saqlab qoldi


Klint Istvud tantanali tushlik vaqtida mehmonlardan birining nafasi qaytib, bo`g`ilayotganligiga ko`zi tushdi. 83 yoshli aktyor mehmonning orqasidan kelib, uni qo`li bilan uch marta yuqoriga ko`tardi. Shunda mehmonning tomog`iga tiqilib, nafas yo`llarini berkitib qo`ygan pishloq otilib ketdi. Aktyor ilgari hech qachon bunday hodisaga duch kelmaganligini, ilk marotaba talvasaga tushib, olamdan o`tishi mumkin bo`lgan odamni qutqarganligini ma`lum qildi.

Laplandiya bug`ularining nurni o`zida aks ettiruvchi shoxlari


Finlandiyalik bug`u boquvchilar tajriba sifatida o`zlari boqayotgan shimol bug`ularining juni va shoxlariga nurni aks ettiruvchi bo`yoqni surtishdi. Mazkur bo`yoq hayvonlar uchun xavfsiz bo`lib, yorug`lik tushsa, masalan fara yorug`ida tovlanadi. Ular bu tajriba orqali bug`ularni yo`l-transport hodisasidan saqlashni maqsad qilishdi. Chunki yo`lda shoxidan nur taratib turgan bug`uni ko`rmaslik, sezmaslikning iloji yo`q.

Haqiqiy mehribon ota


O`sha kuni havo shu darajada sovuq ediki, ota qizini o`rab tashlashga majbur bo`ldi. Natijada hech kim kasal bo`lmadi.

Do`stlikning chegarasi yo`q


Ishonchimiz komilki, bu ikki bola kasalxonadan chiqqandan keyin ham do`st bo`lib qoladi. Chunki do`stlikning chegarasi yo`q...

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1