AsosiyJamiyat
9993

​“Bek Baraka” bozori yaqinida avtobus yonib ketdi

'​“Bek Baraka” bozori yaqinida avtobus yonib ketdi'ning rasmi

12 iyun kuni soat chamasi 12:30 da Toshkentdagi «Bek Baraka» bozori yaqinidagi ko`prik ostida avtobus yonib ketdi.

Avtobus “Sergeli qurg`oni”—“Chilonzor buyum bozori” yo`nalishi bo`yicha qatnov amalga oshirgan. Hodisa suratlari Facebook'ning “Voditeli Tashkenta” guruhida paydo bo`ldi.

“Toshshahartransxizmat”ning UZ24ga ma`lum qilishicha, yong`in oqibatida jabrlanganlar yo`q. Yong`in zudlik bilan bartaraf qilingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar