AsosiyDunyo
3243

​Parijdagi yong`in oqibatida 12 kishi jabrlandi

'​Parijdagi yong`in oqibatida 12 kishi jabrlandi'ning rasmi

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Parij yaqinida joylashgan Obervile shaharchasidagi restoranda ro`y bergan yong`in oqibatida jabrlanganlar soni 12 nafarga etdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Ikki nafar jabrlangan odam og`ir ahvolda San-Lui kasalxonasiga yotqizildi, yana 6 nafar polisiyachi engil tan jarohati oldi.

Olti qavatli uyda joylashgan restoranda yong`in chiqishiga ko`chadan yonilg`i solingan shishaning tashlanishi sabab bo`ldi. O`t o`chiruvchilar yong`inni o`chirishga muvaffaq bo`ldi. Taxminlarga ko`ra, talonchilik qilish maqsadida restoranga o`t qo`yilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar