AsosiySport

Karlush Keyrush: O`zbekiston terma jamoasiga qolgan o`yinlarda omad tilayman

'Karlush Keyrush: O`zbekiston terma jamoasiga qolgan o`yinlarda omad tilayman 'ning rasmi

Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o`rin olgan Eron – O`zbekiston (2:0)2:0) uchrashuvidan keyin o`tkazilgan matbuot anjumanida eronliklar ustozi Karlush Keyrush o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“O`yin oson kechdi deb ayta olmayman. Raqib ko`p vaziyatlarda bizga qiyinchilik tug`dirdi. Ammo tartibli o`yin ko`rsatib, o`z maqsadimizga erishdik. Bu kunga qadar erishilgan natijalarning barchasi og`ir mehnat samarasidir. Bugun futbolchilarimni JChga yo`l olgani bilan tabriklamoqchiman. Ular barcha o`yinda ajoyib o`ynadi va har biri mundialda ishtirok etish uchun haqli.

Saralash bosqichi davomida bizni qo`llab-quvvatlagan muxlislarga ham o`z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Ularning daldasi bizning muvaffaqiyatga hissa qo`shdi. Saralash bosqichi mobaynida yuzaga kelgan bir qator muammolarga qaramay, biz barchasini engib o`tdik va bizga shuhba qilganlarga kim aslida kim ekanini isbotladik.

Bugun g`alabani nishonlaydigan kun. Ertagayoq Rossiyadagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko`rishni istardik. Biroq, bu ishda bizga to`sqinlik va boykott qilmoqchi bo`lganlar bor. JChga tayyorgarlik qanday amalga oshishini ulardan so`rang. Men, murabbiylar shtabi yoki futbolchilardan so`ramang.

Janubiy Koreya va Suriyaga qarshi o`yinlarda ham ijobiy natijani qayd etishni maqsad qilganmiz. Bugungi raqib haqida yana to`xtaladigan bo`lsam, O`zbekiston kuchli jamoa va ularga saralashning qolgan o`yinlarida omad tilayman. ”, – dedi Karlush Keyrush.

Ma`lumot uchun, 8-turdagi g`alabadan keyin Eron terma jamoasi ochkolari sonini 20 taga etkazib, muddatidan avval Rossiyadagi mundialga yo`llanma oldi. O`zbekiston 12 ochko bilan “A” guruhida uchinchi o`rinda bormoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar