AsosiyDunyo

​Baykalortida ziyoratchilar bilan sodir bo`lgan YTHda 14 kishi halok bo`ldi

'​Baykalortida ziyoratchilar bilan sodir bo`lgan YTHda 14 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Baykalorti o`lkasida ziyoratchilar bilan sodir bo`lgan YTHda 14 kishi halok bo`ldi. Bu haqda 13 iyun kuni RIA Novosti xabar berdi.

Muqaddas qadamjolar ziyoratidan Chitaga qaytayotgan Pravoslav ziyoratchilarini olib ketayotgan avtobus Xoxotuy poselkasida tepalikdan quladi. Unda 51 kishi bo`lgan. 10 kishi hodisa joyida halok bo`ldi, keyinroq kasalxonada yana 3 kishi vafot etdi.

Transport vositasi haydovchisiga nisbatan RF JKning 264-moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan. Tergov qo`mitasi 238 va 293-moddalar bo`yicha ish olib bormoqda.

13 iyun Baykalorti o`lkasida halokat qurbonlari xotirasiga motam kuni deb e`lon qilingan.

Boshqa yangiliklar