AsosiyDunyo

​Bangladeshda kuchli yomg`irlar oqibatida 30 dan ortiq inson halok bo`ldi

'​Bangladeshda kuchli yomg`irlar oqibatida 30 dan ortiq inson halok bo`ldi'ning rasmi

Bangladesh janubi-sharqida dushanba kuni kuchli yomg`irlar sabab 35 kishi halok bo`ldi, ko`plar ko`chki tufayli qurbon bo`lishgan, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi mahalliy hukumat xabariga tayanib.

Kuchli yomg`irdan mamlakatning Rangamati va Bandarban okruglari eng ko`p zarar ko`rdi. Jabr ko`rgan tumanlarda telefon aloqasi uzilgan, transport harakati tuxtagan.

Bangladesh favqulodda vaziyatlar bo`yicha boshqarmasi vakili Reaz Ahmedning ma`lum qilishicha, qutqaruvchilar noqulay ob-havo sabab zarar ko`rgan, borish qiyin bo`lgan tumanlarga qarab yo`l olishgan.

Ushbu davlatda musson davri iyun-sentyabr oylarida kuzatiladi. Shu bilan birga, kuchli yomg`irlar sabab ro`y beruvchi ko`chkilar minglab insonlarning hayotiga zomin bo`ladi.


    Boshqa yangiliklar