AsosiyJamiyat

​Toshkentda yuz bergan YTHda bir kishi vafot etdi

'​Toshkentda yuz bergan YTHda bir kishi vafot etdi'ning rasmi

2017 yilning 11 iyun kuni, Toshkent shahri hududida 5 ta yo`l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo`l-transport hodisasida 4 nafar shaxs tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan.

Yo`l harakati xavfsizligi huquqbuzarliklari:

2017 yilning 11 iyun kuni, Toshkent shahar IIBB YPX inspektorlari tomonidan jami 2306 ta huquqbuzarliklar bo`yicha ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo`lib, shulardan, 559 tasini qo`pol turdagi, 8 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 11 iyun kuni jami 1175 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo`lib, shulardan 589 tasini svetaforning ta`qiqlovchi chirog`iga bo`ysinmasdan harakatlanish, 586 tasini belgilangan me`yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etgan.

Boshqa yangiliklar