UEFA evrokuboklarda o`zini namoyon qilgan futbolchilar uchun 5 ta yangi sovrinni joriy qildi.
Dastlabki 4 ta sovrin EChLning eng yaxshi darvozaboni, himoyachisi, yarim himoyachisi va hujumchisi uchun mo`ljallangan. Yana bir sovrin Evropa ligasining eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi.
Barcha mukofotlar 24 va 25 avgust kunlari Chempionlar va Evropa ligasining yangi mavsumi uchun qur`a tashlash marosimida o`z egalariga topshiriladi.
Evropaning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi ayol futbolchisi ham an`anaviy tarzda mana shu tadbirda aniqlanadi.






