Amerikalik bokschi, yarim engil vazn toifasidagi Daniel Franko vatandoshi Xose Xaro bilan bo`lgan jangdagi mag`lubiyat — nokautdan keyin komaga tushdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Amerikalik bokschilar o`rtasida mazkur jang 10 iyun kuni AQShda bo`lib o`tdi. Sakkizinchi raundda Franko nokautga uchragandan keyin hakam musobaqani to`xtatdi. Franko zambilda kasalxonaga olib ketildi. Vrachlar miyaga qon quyulishining oldini olish maqsadida jarrohlik operasiyasini o`tkazishdi. Operasiyadan keyin 25 yoshli bokschi tibbiy koma holatiga tushirildi.
“Shifokorlar kelgusi 48 soat Frankoning to`liq o`ziga kelishida hal qiluvchi soatlar bo`lishini aytdi. Bokschilar hamjamiyatidan uning tuzalishi uchun duo qilishlarini so`rayman”, dedi bokschining menejeri Rey Chaparro.
Daniel Frankoning hisobida professional ringdagi 16 ta g`alaba, 2 mag`lubiyat va 3 ta durang mavjud.
27.12.2022, 10:08
AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...03.12.2022, 12:40
AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...12.10.2022, 11:42
Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...05.10.2022, 11:12
AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanishga qaror qildi. Bu haqda Amerikaning NBS telekanali xabar bergan.“Sentyabr oyida voiz Al Sharpton bilan bo`lgan uchrashuvda...