AsosiyDunyo

​Xitoylik qiz parvoz vaqtida qiziqish tufayli samolyot avariya chiqish eshigini ochdi

'​Xitoylik qiz parvoz vaqtida qiziqish tufayli samolyot avariya chiqish eshigini ochdi'ning rasmi

https://ria.ru/world/20170614/1496442360.htmlXalqaro Pekin aeroportidan parvoz qilgan Xiamen Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot yo`lovchisi qiziqish tufayli avariya chiqish eshigi tutqichini tortganligi tufayli reys bekor qilindi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Voqea 12 iyun kuni Pekin xalqaro aeroportida yuz berdi. Bu haqda jurnalistlarga Xiamen Air aviakompaniyasi vakili axborot berdi. 12 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 11.30 da Pekin shahridan Syamen shahriga samolyot parvoz qilishga tayyorlangan. Yo`lovchilar o`z joylarini egallagach, bortkuzatuvchi ularga kerakli yo`l-yo`riqlarni bergan. 48-qatordagi yo`lovchilarga esa “biror favqulodda holat yuz bersa, avariya chiqish eshigi tutqichini tortish lozimligini” tushuntirgan. Xuddi shu paytda 49-qatorda o`tirgan yo`lovchi ayol avariya chiqish eshigi tutqichini tortgan. Oqibatda polisiya ayolga 12 kunlik ma`muriy qamoq jazosini tayinladi, reys esa bekor qilindi. Surushtiruv natijasida ayol tutqichni tortsa, qanday voqea ro`y berishi mumkinligini ko`rishni istaganligi ma`lum bo`ldi. Hodisa yuz berganda samolyot bortida 113 nafar yo`lovchi bo`lgan, ular boshqa reysga ko`chirildi. Bo`lib o`tgan voqea oqibatida samolyot trapi jiddiy zarar ko`rmagan bo`lsa-da, uni ta`mirlash uchun 100 ming yuan (14,7 ming dollar) kerak bo`ladi. Yo`lovchi ayol mazkur aviakompaniyaga etkazgan iqtisodiy zararni ham to`laydigan bo`ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar