Nikolay Baskov nima sababdan 10 yildan buyon o`g`lini ko`rmasligini aytib berdi. Sobiq rafiqasi farzandiga ota bilan muloqot qilishni taqiqlagan, san`atkor shu sababdan hali hamon aziyat chekmoqda.
NTV telekanalining “T ne poverish!” dasturida Baskov o`z shaxsiy hayoti haqida ochiq gapirdi. Baskov doim quvnoq ko`ringani bilan muammolari uni havotirga soladi. “Men 7,5 yil davomida oila qurdim. Shundan so`ng menda nimadir keskin o`zgardi”, - deydi san`atkor.
U shuningdek sobiq turmush o`rtog`i o`g`li bilan ko`rishishga yo`l bermasligini, shunga qaramay o`zini yolg`iz deb hisoblamasligini ma`lum qildi.
U Sofiya Kalcheva bilan munosabatlari haqida ham aytib o`tdi. Nikolay Baskov unga turmush qurishni taklif qilgan, ammo undan rad javobini olgan – Sofiya hali farzand dunyoga keltirishga tayyor emasligini tan oldi. “Ehtimol u avval to`y qilib, keyin ajrashib ketishimizdan qo`rqayotgandir”, - deya tahmin qildi Baskov.