Moskva hududida jala yomg`ir va momaqaldiroq sababli sariq darajadagi xavf e`lon qilindi. Bu haqda RF Gidrometmarkazi xabar berdi.
“Xavfli holatning intensivlik darajasi: sariq – xatarli havo", - deyiladi meteoxizmatning rasmiy saytida.
Sinoptiklarning ma`lumotlariga ko`ra, Moskvada havo harorati 18-20 daraja iliqni tashkil qiladi. Janubi-G`arbdan shamol 5-10 m/s, momaqaldiroq vaqtida 12-17 m/s.
Belgorod, Smolensk, Voronejsk, Ivanovsk, Kalujsk, Ryazansk va boshqa viloyatlarda ham sariq darajadagi xavf e`lon qilingan, deyiladi RF Gidrometmarkazi xabarida.
Sariq daraja beshta darajaning uchinchisi sanaladi.