AsosiyDunyo

​Obamaning qizi Sashaning haqiqiy ismi amerikaliklarni hayratga soldi

'​Obamaning qizi Sashaning haqiqiy ismi amerikaliklarni hayratga soldi'ning rasmi

10 iyun kuni AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning qizi Sasha 16 yoshga to`lganini nishonladi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Amerikalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni tug`ilgan kuni bilan tabriklashdi. Qutlash jarayonida ular Sashaning haqiqiy ismi Natasha ekanligini bilib, hayratga tushishdi. Refinery29 nashrining muxbiri Eshli Ford bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda bong urdi. “Bundan roppa-rosa bir yil ilgari Sasha Obamaning haqiqiy ismi Natasha ekanligini bilgandim”, deb yozdi u Twitter sahifasida. Aksariyat sharhlovchilar mamlakatni sakkiz yil davomida boshqargan odamning qizi haqiqatda qanday atalganidan bexabarligini ma`lum qildi. Ba`zi foydalanuvchilar esa Oq uy rahbari qiziga ruscha ism qo`yganligidan hayratlanib, “Unda Maliyaning haqiqiy ismi nima?” degan savolni berishdi.

Amerika nashrlaridan biri 2016 yilning yozida New York Daily News nashri jurnalisti Obamaning qizi haqida maqola tayyorlayotganda bu haqda ma`lumot berganligini eslatdi. Nashrning ma`lumot berishicha, Natashaning qisqartirilgan varianti Sasha bo`ladi. Ammo nashrning mazkur ma`lumotiga hech kim e`tibor qaratmadi.

Boshqa yangiliklar