AsosiyDunyo

​Rossiyalik mashhur aktyor Aleksey Batalov vafot etdi

'​Rossiyalik mashhur aktyor Aleksey Batalov vafot etdi'ning rasmi

SSSR xalq artisti Aleksey Batalov payshanbaga o`tar kechasi Moskva kasalxonalaridan birida vafot etdi.

Aktyorning do`sti Vladimir Ivanovning so`zlariga ko`ra, u uyqusida vafot etgan.

— Soat 00.00 da u hali tirik edi. Opasi bilan tekshirdik nafas olayotgan edi. Ertalab soat 6 da tekshirganimizda tomiri urmayotgandi,— deydi u.

Aleksey Batalov 2017 yilning yanvarida tos suyagi bo`ynini sindirib qo`ygandi, fevralda esa uni operasiya qilishgan.

Rossiyalik aktyor va rejissyor Aleksey Batalov 1928 yilning 20 noyabr kuni Vladimir shahrida dunyoga kelgan.

Aktyor barchaga “Moskva ko`z yoshlarga ishonmaydi”, “Uch baqaloq” filmlari orqali yaxshi tanish.

Boshqa yangiliklar