AsosiyDunyo
5005

​Qisqa tutashuv oqibatida Bryussel xalqaro aeroporti faoliyati izdan chiqdi

'​Qisqa tutashuv oqibatida Bryussel xalqaro aeroporti faoliyati izdan chiqdi'ning rasmi

Qisqa tutashuv oqibatida Bryussel xalqaro aeroporti ikki soatga ishdan to`xtashga majbur bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Terminalda chiroq o`chib qoldi, qisman elektr jihozlar, kompyuterlar ishlamay qoldi. Aeroportga kirish eshigi xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan to`sildi. Qisqa tutashuv yong`inga sabab bo`ldi. Yong`in o`chirilgandan keyin ikki soat o`tgach, aeroport o`z ishini davom ettirdi. Aeroportning kutish zalida uch mingga yaqin odam to`plandi. Ularning barchasi parvozni kutdi. Ammo ba`zi bir parvozlar haligacha amalga oshirilgani yo`q. Bryussel aeroportining me`yoriy tartibda ish olib borishi uchun kamida bir sutka vaqt kerak bo`ladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar