Hindistonda ro`y bergan suv toshqini oqibatida 15 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Kuchli yog`ingarchilik oqibatida mamlakatning uch shtatida — Assam, Manipur va Mizaramda suv toshqini ro`y berib odamlar qurbon bo`ldi, minglab uylar toshqindan zarar ko`rdi. Kongress vakili bergan ma`lumotga ko`ra, yog`ingarchilik to`xtasa, suv toshqini ham qaytadi. Hodisa oqibatida halok bo`lganlar soni ortishi mumkinligi haqida ma`lumot berildi.