Turkiya hukumati Suriya chegarasida uzunligi 700 kilometr bo`lgan devor qurilishini yakunladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Fikri Ishik ma`lumot berdi, deb yozdi Hürriyet Daily News nashri. Mazkur devor mamlakatni “Islom davlati” terrorchilik guruhi va Kurdiston ishchi partiyasi jangarilarining hujumidan asrash uchun qurildi. Mudofaa vazirining so`zlariga qaraganda, Turkiya-Suriya chegarasi kuzatuv kameralari, yoritish asbob-uskunalari, sensorlar bilan jihozlanadi, bundan tashqari xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha dronlar ishga tushiriladi. Ishik bunday devor Eron chegarasida ham qurilishi haqida aytib o`tdi.
03.05.2024, 14:22
Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini to`xtatdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ikki turk rasmiysiga asoslanib xabar bermoqda.Ularga ko`ra, 2 maydan boshlab Anqara yahudiy davlatiga barcha eksport va...01.05.2024, 16:06
Mamlakat poytaxtida yoqqan kuchli yomg`ir sabab Anqara ko`chalarini suv bosdi. Bu haqda TRT haber ma`lum qildi.Buning oqibatida shahar transport tizimi va aeroport ishida uzilishlar kuzatilgan.“Yo`llar...22.04.2024, 20:57
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`anning Iroqqa tashrifi va uning doirasida imzolangan kelishuvlar Turkiya-Iroq munosabatlarida yangi burilish nuqtasi bo`lishiga ishonch bildirdi. Bu haqda davlat rahbari Iroq...21.04.2024, 15:36
Turkiya hududida bo`lgan o`zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi. Bu haqda Istanbul Boshkonsulxonasi xabar berdi. Xabar berilishicha, Turkiya hududida keng tarqalayotgan firibgarlikning navbatdagi turlaridan biri:onlayn savdo orqali bergan buyurtmani...