Samaraning Podstyopki qishlog`i aholisi polisiyaga murojaat qilib, ularni uchar likopchadan himoya qilishni iltimos qildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Arizachilar uchar likopcha yasab, fazoga parvoz qilmoqchi bo`layotgan hamqishloqlari fermer Aleksandr Mislivchenkoning xatti-harakatlaridan norozi bo`lgan. Ularni Mislivchenko yaratgan uchar likopcha apparati tashvishga solgan. Aleksandr Mislivchenko uzoq yillardan beri fazoga uchishni orzu qilgani bois uchar jism yaratishga qaror qildi. Uchar jismlarning fotosuratlarini uzoq o`rgangan fermer asosiysi shakl emas, balki mazmun-mohiyat ekanligiga ishonch hosil qildi. U yaqin kunlarda yog`ochdan yasalgan ulkan “likopcha”da fazoga uchishni rejalashtirgan, ammo qishloq aholisi “uchar jism” uyning yoki biror odamning ustiga qulashi mumkinligidan xavotirga tushmoqda.
Mislivchenko jism havoga ko`tarilishi uchun nimalar zarur bo`lishini aniqlash uchun bir nechta elektriklarni yolladi. Yog`ochdan yasalgan “uchar likopcha” dvigatel bilan jihozlangan, albatta mazkur qurilma fazoviy balandlikka ko`tarilish imkoniga ega emas. “Qo`lbola” muhandislar uni uzun udlinitel orqali rozetkaga ulashni rejalashtirishdi.
Muhandislikda yangilik bo`lgan mazkur qurilmani o`rgangan mutaxassislar bu uchish ob`ekti emas, degan xulosaga kelib, odamlarning xavfsizligi haqida o`ylashni maslahat berdi. Ammo fermerning parvoz qilish orzusidan voz kechish niyati yo`q. Agar polisiya tomonidan uchar jismning “qanotlari kesiladigan” bo`lsa, fermer likopchaning ichida sabzavot etishtirishi mumkin. U nafaqat qishloqdagi, balki dunyodagi yagona, o`ziga xos issiqxona bo`ladi.






