Bugun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari internetga joylangan oqibati o`lim bilan yakun topgan videoni ko`rib larzaga kelishdi.
Video muallifi, “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchisi tomonidan ma`lum qilinishicha, halokat Toshkent kichik halqa yo`li bo`ylab, 1-sil kasalliklari dispanserining ro`parasida sodir bo`lgan. Hodisa 15.06.2017 yil, mahalliy vaqt bilan chamasi 19:00-20:00 sodir bo`lgan.
Haydovchi mahalladan chiqib kelib, yo`lga yugurib chiqqan bolani ko`rmay qolgan va uning ustidan ikkita g`ildiragi bilan bosib o`tgan. Bolani darhol kasalxonaga etkazishgan. Bola komaga tushib, xushiga kelmay vafot etgan.
Ushbu videoni joylashni joiz deb topmadik, shunchaki hodisani ota-onalar farzandlariga hushyor bo`lishlari uchun batafsil tushuntirib beramiz.
Kuzatuv kamerada kattaroq yoshdagi bola, ya`ni halok bo`lgan bolaning akasi, mashina yo`liga yugurib chiqib ketayotgan kichik ukasini ko`tarib yo`ldan uzoqlashtirib olib ketayotganini ko`rish mumkin.
Aka charchab, ukasini erga qo`yadi.
Bola yana akasini qo`lini qo`yib yuborib, mashina yo`l tomonga yugurib chiqadi.
Hammasi soniyalarda sodir bo`ldi. Bola Matiz avtomobili g`ildiraklari ostida qoldi.
Shundan so`ng haydovchi bolani ko`tarib, uni mashina saloniga soladi.
Haydovchining aybdorligi haqida fikrlar ikkiga bo`lindi: kimdir haydovchi chap tomondagi mashinalar oqimini kuzatgani sabab bolani ko`rishi mumkin bo`lmagan desa, yana kimdir haydovchi ikki tomonga ham birday e`tibor berishi kerak edi deydi.
Ammo yuzlab fikrlar bir joydan chiqyapti: ota-ona bolalarni mashina yo`lida o`zini qanday tutishga o`rgatishi va yosh bolalarni yolg`iz qoldirmasligi kerak edi.
Darhaqiqat, bu baxtsiz hodisa barchani hushyorlikka chorlaydi, bolani bolaga ishonib topshirish mumkin emas. Ota-ona bola va uning hayoti uchun javobgar!
12.05.2023, 09:55
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...03.04.2023, 10:05
Kecha, 2 aprel kuni Toshkent shahrida kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida turli suv toshqinlari yuzaga keldi. Ma`lum qilinishicha, poytaxtda bir necha soat ichida oylik yog`inning uchdan...06.02.2023, 13:36
Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...04.02.2023, 10:15
Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...