AsosiyDunyo

​Amerikalik ayol sotib olgan avakadoning ichidan patron chiqdi

'​Amerikalik ayol sotib olgan avakadoning ichidan patron chiqdi'ning rasmi

Amerikaning Arizona shtatidagi Feniks shahrida yashovchi ayol mahalliy Sprouts Farmer’s Market savdo tarmog`idan sotib olgan avakadoning ichidan o`q chiqdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Ayolning do`sti “xavfli” avokadaning suratini mashhur Reddit ijtimoiy tarmog`iga joylashtirdi. Foydalanuvchilar avakadoni kim “o`qlagani” haqida turli fikrlarni bildirishdi. Bir necha kun ichida mazkur suratga bir yarim mingdan ortiq izoh yozildi. Ularning asosiy qismi hazildan iborat bo`lsa-da, jiddiy izohlar ham uchradi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri mazkur meva ayni paytda urush bo`layotgan mamlakatlardan birida etishtirilganini aytgan bo`lsa, ba`zilari esa uni o`q otish sevimli mashg`uloti bo`lgan fermer etishtirgan, degan fikrlarni bildirdi.

Sprouts Farmer’s Market savdo tarmog`i xodimlari esa mazkur voqeaga hech qanday izoh bermadi.

Boshqa yangiliklar