Kecha Londonning shimoliy qismida machitdan chiqayotgan odamlarni furgon avtomashinasi bosib ketdi, deb xabar berdi Rbc.ru nashri.
Polisiyaning ma`luot berishicha, voqea oqibatida bir necha kishi jabrlangan, biroq ularning aniq soni aytilmadi, bir kishi qo`lga olindi. Voqea Finsberi-park tumanidagi Seven Sisters Road ko`chasida yuz berdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 00:20larda haydovchi yo`l chetiga chiqib, odamlarga borib urilgan. Hozircha haydovchi bu ishni qasddan sodir etganmi yo yo`qmi, ma`lum emas.
Voqea joyiga polisiya, favqulodda xizmatlar xodimlari etib kelishgan. Huquq-tartibot idoralari bergan ma`lumotlarga ko`ra, voqea oqibatida qurbonlar bor, ularning soni aniqlashtirilmoqda. Ta`kidlanishicha, mashina haydovchisi odamlar tomondan ushlanib, polisiyaga topshirilgan.
Ayni vaqtda Seven Sisters ko`chasi yopib qo`yilgan. London transport departamenti haydovchilardan boshqa yo`llardan yurishni so`ramoqda.
Guvohlarning aytishicha, furgon sekin yura turib, odamlarga urilish oldidan tezligini ataylab oshirgan. Guvohlardan biri qo`lga olingan haydovchini "irqchi", bo`lib o`tgan voqeani esa musulmonlarga adovat ortida amalga oshirilganini aytgan.
Bi-bi-si telekanalining xabar berishicha, guvohlar jiddiy jarohat olgan odamlar haqida ma`lumot bergan.