“Toshshahartransxizmat” AJ yo`nalishlardan birida transport harakati vaqtinchalik yopilishini ma`lum qildi.
Kichik halqa yo`lidan Farg`ona yo`liga o`tuvchi qismida yo`l o`tkazmasi qurilishi munosabati bilan ushbu qatnov qismida transport harakati vaqtinchalik, 18 iyundan 10 iyulgacha yopiladi.
Qurilish davrida 12, 26, 37, 68, 81, 93, 127-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati Sarakul, Mehrijon va Qo`shko`prik ko`chalari orqali keyingi harakati o`z yo`nalishida davom ettiradi.
“Toshshahartransxizmat” yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`rab qoladi.






