AsosiyDunyo
3369

​Portugaliyada o`rmon yong`ini tufayli qurbon bo`lganlar soni 60 nafarga yaqinlashdi

'​Portugaliyada o`rmon yong`ini tufayli qurbon bo`lganlar soni 60 nafarga yaqinlashdi'ning rasmi

Yakshanba kuni ertalab o`rmonda chiqqan yong`in tufayli halok bo`lganlar soni 19 nafardan 43 nafarga, birozdan keyin esa ularning soni 57 nafarga oshganligi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi Rbc.ru nashri.

Yong`in Lissabondan 150 km uzoqlikdagi tumanni qamrab olgan.

Portugaliyada boshlangan o`rmon yong`inlari qurbonlari soni 57 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Publico nashri mamlakat Ichki ishlar departamenti vaikli Xorxe Gomesga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Bundan avvalgi xabarlarda yong`inlar 39 kishining hayotiga zomin bo`lgani va 59 kishi jabrlangani haqida aytilgandi.

17 iyun kuni Portugaliyaning bir qator hududlarida harorat 40 darajadan oshgach, yong`inlar kelib chiqqan. Ayniqsa, Pedrogan-Grandi viloyati hududida yong`inlar halokatli bo`lmoqda.

Alanga tez tarqalmoqda, bir qancha aholi puntklari o`t ichida qolgan, hozircha tabiiy ofat keltirgan zarar miqdori aniq emas.

Yong`inga qarshi kurash ishlariga 600 nafar o`t o`chiruvchi va 200ga yaqin maxsus texnika jalb etilgan. Ispaniyadan ikkita maxsus samolyot yordam uchun yuborilgan. Fransiyadan ham yordam etib kelishi kutilmoqda.

Fojia tufayli mamlakatda motam e`lon qilinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar