1

​Yigitali Mamajonov bo`lajak rafiqasi bilan qanday tanishgani haqida gapirib berdi

Shou-biznes 19.06.2017, 11:36
Teglar: To`y
​Yigitali Mamajonov bo`lajak rafiqasi bilan qanday tanishgani haqida gapirib berdi

Aktyor Yigitali Mamajonov unashtirilgani haqida xabar bergan edik.

“Daryo” nashri aktyor bilan intervyu uyushtirdi. Suhbat davomida aktyor ko`nglidagi qizni topgani, uning shou-biznesga umuman aloqasi yo`qligi, yaqin vaqt ichida u bilan turmush qurish niyatida ekanligini ma`lum qildi.

“Menimcha, erkak kishi uylanmasdan yursa bo`lmaydi. Menga yoqadigan, har tomonlama to`g`ri keladigan, ko`nglimdagi qizni topdim.

Xudoyim bizni uchratdi — hozir birgamiz. Xudo xohlasa, to`yimiz ham yaqin vaqt ichida bo`lib o`tadi.

Sevgan qizimning shou-biznesga umuman aloqasi yo`q. Uni qaerda istiqomat qilishini ayta olmayman, ammo — O`zbekistondan emas”,—deydi Yigitali.

Aktyor bo`lajak turmush o`rtog`i bilan qanday tanishgani haqida alohida to`xtaldi:

“Qadrdonlar bilan oilaviy o`tirgan vaqtimiz ular ham oilaviy hordiq chiqarishayotgan ekan. Ikkita oila bir-biri bilan yaqin bo`lib, tanishib qolib, ko`nglimga o`tirganligi uchun, mening prinsiplarim, xohishlarim u insonda namoyon bo`lganligi uchun ham aynan uni tanladim. Talablarimga to`g`ri keladigan va talablarimni ro`yobga chiqaradigan inson aynan u bo`lib chiqdi”.

Eslatib o`tamiz, aktyor Yigitali Mamajonov 2012 yil noyabrida taniqli xonanda, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon bilan turmush qurgan edi.

2014 yil may oyida Yigitali va Rayhon egizak farzandli bo`lgan. Ular farzandlariga Islom va Imron deb ism qo`ygan edi.

2015 yil 9 yanvarida esa Rayhon ajrashish uchun ariza bergani, 2016 yil may oyida ularning nikohi rasman bekor qilingani ma`lum bo`lgan edi.

2016 yilning noyabrida xonanda Rayhon ikkinchi marta oila qurdi — u taniqli boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqdi.

Sharhlar

Samarqandda to`yda yo`qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduqdan topildi (video)

01.10.2022, 14:39

Samarqanddagi to`yxonada yaqinlarining qarovsiziligi sabab yo`qolgan bolakay, bazmgoh atrofidagi 8 metrlik quduqqa tushib ketganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha,...
To`y fojiaga aylandi: marosimga ketayotgan kuyov daryoga cho`kib ketdi

20.07.2022, 09:30

Pokistonda to`yda ishtirok etish uchun kelayotgan mehmonlar bo`lgan qayiq cho`kib ketdi, deya xorij OAVga asoslanib yozmoqda "Zamon.uz"Ma`lum qilinishicha, kamida 20 kishi halok bo`lgan. Ular ayollar...
O`zbekistonda to`ylarni 100 kishilik qilib o`tkazishga ruxsat berildi

20.09.2021, 10:56

Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishida O`zbekistonda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma`naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o`tkazish uchun qulay...
Aktyor Aziz Umrzoqov uylandi

19.08.2019, 20:34

Aktyor va shoumen Aziz Umrzoqov 17 avgust kuni oila qurdi. Aziz va Zarinaxonning nikoh oqshomi poytaxtdagi restoranlardan birida bo`lib o`tdi.
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1