AsosiyDunyo

​Tailandda avtomobil portlashi oqibatida to`rt nafar harbiy halok bo`ldi

'​Tailandda avtomobil portlashi oqibatida to`rt nafar harbiy halok bo`ldi'ning rasmi

Tailandning janubida joylashgan Pattani viloyatida harbiylar o`tirgan avtomobil portladi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Portlash oqibatida besh nafar harbiy halok bo`ldi, to`rt nafari yaralandi.

Mahalliy polisiya bergan xabarga ko`ra, yo`l yoqasiga portlovchi modda qo`yilgan. Bomba mahalliy vaqt bilan soat 11:45 da portlagan. Portlagan avtomobilda Tailand quruqlikdagi qo`shinlarining harbiy xizmatchilari bo`lgan.

Dastlabki taxminlarga ko`ra, hujumni mazkur huddudda faoliyat olib boruvchi islom separatchilari amalga oshirgan. Tailandning janubidagi Pattani, Yala va Naratxivat viloyatlarida xavfsizlikning maxsus tartibi joriy qilindi. Separatchilar hududda mustaqil sultonlik tuzish uchun 11 yildan beri hukumat bilan partizanlar urushini olib bormoqda.

Boshqa yangiliklar