Malining poytaxti Bomako shahridagi turistik kompleksga jangarilar hujum qildi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Mahalliy hukumat vakillarining xabar berishicha, hujum oqibatida 2 kishi halok bo`lgan. Jangarilar garovga olgan 36 kishi ozod etilgan. Fransuz va Mali xavfsizlik kuchlari 4 nafar jangarini yo`q qildi. Mazkur kurort chet elliklar orasida juda mashhurdir, hozircha qurbon bo`lganlar haqida hech qanday ma`lumot berilmadi.
Mamlakat xavfsizlik vazirligi mazkur hujumni jihodchilar amalga oshirgan, deb hisoblamoqda. Manbaning xabar berishicha, hujum qilingan mehmonxonada fransuz harbiylari, Evroittifoq va BMT xodimlari bo`lgan. Mehmonxona joylashgan tumanga Mali va Fransiya harbiylaridan tashkil topgan maxsus qo`shin yuborildi, ular 36 kishini garovdan ozod qilishga muvaffaq bo`ldi.






