​Italiyalik jarroh rossiyalik yigitga bosh ko`chirib o`tkazishni rad etdi

Dunyo 20.06.2017, 10:40
Teglar: Rossiya, Jarrohlik
​Italiyalik jarroh rossiyalik yigitga bosh ko`chirib o`tkazishni rad etdi

Dunyoda ilk marotaba bosh ko`chirib o`tkazish loyihasining rejalari kutilmaganda o`zgarib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Italiyalik neyroxirurg Serjio Kanavero og`ir va o`ziga xos bo`lgan operasiyani Xitoyda, falajlangan, rossiyalik dasturchi Valeriy Spiridonovning boshini ko`chirib o`tqazishni rejalashtirgan edi. U insoniyat tarixidagi bosh ko`chirilib o`tkazilgan ilk va yagona odam bo`lishi lozim edi. Ammo barcha rejalar o`zgarib ketdi. Mazkur operasiyaning ilk mijozi rossiyalik emas, balki xitoylik bemor bo`ladi.

Buning sababi shuki, operasiya jarayonida bemor va donor bitta irqqa tegishli bo`lishi lozim. Valeriy oq tanli bo`lganligi uchun unga boshqa irqqa tegishli odamning tanasini birlashtirib bo`lmaydi. Yangi nomzodning ismi-sharifi hozircha oshkor etilmadi. Xitoyda bosh ko`chirib o`tqazish operasiyasi davlat darajasiga ko`tarilib, u hukumat tomonidan moliyalashtiriladi. Mazkur operasiyani o`tkazish uchun Xarbin shahrida maxsus klinika ajratilgan. Italiyalik neyroxirurgga operasiyani o`tkazish jarayonida o`nlab mahalliy vrachlar ko`maklashadi.

“Xitoyliklar mazkur operasiya orqali Nobel mukofotini qo`lga kiritishni va mamlakatning ilmiy taraqqiyotga erishganligini namoyon qilishni rejalashtirgan. Bu o`z navbatida yangi fazoviy poygadir”, dedi Kanavero. Operasiya 36 soat davom etib, unga 15 million dollar sarflanadi. Bosh muzlatib qo`yilgandan keyin tanadan ajaratib olinadi va maxsus biologik elim orqali donor tanasiga yopishtiriladi. Orqa miyaning zararlangan qismlariga polietilenglikol yuboriladi, uning yordamida hayvonlarning minglab neyronlari qayta tiklandi. Italiyalik jarroh mazkur operasiyaning muvaffaqiyatli chiqishiga 90 % imkoniyat borligini ta`kidladi.

Sharhlar

Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming AQSh dollari topib olishdi

14.02.2023, 13:14

Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...
Daniyalik siyosatchi Rossiyadagi elchixona oldida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi

30.01.2023, 12:54

Daniyalik siyosatchi Rasmus Paludan Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi yaqinida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi. Endi u buni "Checheniston va uning rahbarining aybi bilan" qilganini, shuningdek, chechenistonlik...
Rossiya va O`zbekiston bilan gaz ittifoqi qurish masalasi muhokama qilinmadi — Qozog`iston Energetika vazirligi

13.12.2022, 11:03

Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...
Rossiya Bosh vaziri O`zbekistonga keldi

02.12.2022, 09:10

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Siyosatchini uning hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi hukumati matbuot xizmati...