AsosiyJamiyat
7791

​Uchtepa tumanidagi eski gilamlarni titish sexida yuz bergan yong`inda sex ishchisi kuyib halok bo`ldi

'​Uchtepa tumanidagi eski gilamlarni titish sexida yuz bergan yong`inda sex ishchisi kuyib halok bo`ldi'ning rasmi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan, ta`mirda bo`lgan «Dilfuza» nomli to`yxona oshxonasida yong`in sodir bo`lib, to`yxonaning 100 kv. metr maydonda hamda to`yxona yonida joylashgan QVP binosining 50 kv.m. maydonda tom qismlari yonib zararlangan. Yong`in sababi, payvandlash ishlarini olib borish vaqtida yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligidan ekanligi aniqlangan.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylashgan tikuvchilik sexida yong`in sodir bo`lib, 120 kv. metr maydonda tom qismi va jihozlari yonib zararlangan. Yong`inning sababi, dazmolni yoqib nazoratsiz qoldirilish oqibatida kelib chiqgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan «Xonobod» nomli maishiy xizmat ko`rsatish shahobchasida payvandlash ishlarini olib borish vaqtida yong`in sodir bo`lib, 230 kv. metr maydonda ob`ektning tom va shift qismi hamda jihozlari yonib zararlangan.

Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan «Eski gilamlarni titish sexi»da yong`in sodir bo`lib, 150 kv. metr maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan. Yong`in o`chirish vaqtida sex ishchisining kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong`in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong`in sababi aniqlanmoqda.

Farg`ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi fuqaro N.Ochilovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyi va oshxonasining 100 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi fuqaro M.Hamidovning uyida paxta yog`ini qozonda dog`lash uchun gaz plitasiga qo`yib, nazoratsiz qoldirishi natijasida yong`in sodir bo`lgan. Yong`indan uyning 130 kv. metr maydonda tom va shift qismi hamda uy jihozlari yonib zararlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar