AsosiyDunyo
4280

​Qirg`izistonda gaz quyish shahobchasidagi yong`inni o`t o`chiruvchilar ariqdagi suv bilan o`chirdi

'​Qirg`izistonda gaz quyish shahobchasidagi yong`inni o`t o`chiruvchilar ariqdagi suv bilan o`chirdi'ning rasmi

Qirg`izistonning Issiq-ko`l viloyatidagi Ananevo posyolkasidagi gaz quyish shahobchasi yong`inni o`chiruvchi maxsus gidrantlar, inventarlar bilan jihozlanmagani uchun gaz balloni portlashi oqibatida chiqqan yong`indan jabrlangan odamlar soni ortdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Issiq-ko`l viloyatidagi xususiy gaz quyish shahobchasidagi kuchli portlash oqibatida 2 kishi halok bo`ldi, 8 kishi yaralandi. Mamlakat FVV bergan ma`lumotga ko`ra, beshta avtomobil, shu jumladan ikkita yirik benzin tashuvchi avtomashina to`liq yonib ketgan. Guvohlarning xabar berishicha, o`t o`chirish mashinalari voqea joyiga suvsiz etib kelgan. Mazkur gaz quyish shahobchasi o`t o`chirishga mo`ljallanmagan. O`t o`chiruvchilar yaqin o`rtadagi ariqlardan suv tashib, yong`inni o`chirishga harakat qilgan. Natijada uni o`chirish uchun 3 soat vaqt ketgan. Olov voqea joyidan 10 metr narida joylashgan boshqa avto yoqilg`i quyish shahobchasiga ham etib borgan. Ayni paytda yong`in sabablari aniqlanmoqda. O`t o`chirish bo`limlariga Issiq-ko`l viloyatida mavjud bo`lgan barcha avto yoqilg`i quyish shahobchalarining yong`inga qarshi holatini tekshirish vazifasi berildi. Qirg`iziston respublikasi sog`likni saqlash vazirligi yong`in oqibatida jabrlangan 8 kishining ahvoli og`irligini, ularning tanasi 60-70 % kuyganligi ma`lum qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar