1

​Londondagi yong`inda halok bo`lgan italiyalik juftlik o`limi oldidan ota-onasi bilan vidolashdi

Dunyo 20.06.2017, 12:39
Teglar: Fojia, Yong`in, Halok bo`ldi
​Londondagi yong`inda halok bo`lgan italiyalik juftlik o`limi oldidan ota-onasi bilan vidolashdi

14 iyun kuni London shahridagi 24-qavatli uyda chiqqan yong`in tufayli italiyalik er-xotin Gloriya Trezivan va Marko Gottardilar ham halok bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Italiya OAVlarining ma`lumot berishicha, Gloriya o`limi muqarrarligini sezib, vataniga — onasiga qo`ng`iroq qilgan. Qizning so`nggi vidolashuv so`zlarini oilaning advokati ma`lum qildi. “Alvido, onajon! Men uchun nimaiki qilgan bo`lsangiz, barchasi uchun rahmat aytaman. Sizga endi samodan turib yordam beraman”, dedi Gloriya.

Gloriya va Marko osmono`par binoning 23-qavatida yashagan. Ular Buyuk Britaniyada arxitekor bo`lib ishlashgan va mamlakatga kelganlariga atigi bir necha oy bo`lgan. Gloriya o`tgan yili o`qishni tamomlagan. 14 iyundagi yong`indan keyin ular bedarak yo`qolgan, deb hisoblangan edi. Keyinchalik ularning halok bo`lgani ma`lum bo`ldi.

Advokatning aytishicha, Gloriyaning ota-onasi qashshoqlikda kun kechirgan. Ular bir necha oy ilgari uylaridan ayrilgani bois, Gloriya ota-onasiga yordam berish maqsadida Londonga kelgan, u Italiyada karera qilolmagan.

“Ular o`z hayotlaridan juda mamnun edi. May oyida Londonga, yoshlarning uyiga mehmonga kelgandik. Kvartira juda ham shinam va zamonaviy, yaqinda ta`mirdan chiqqandi. O`shanda mazkur kvartira ularning hayotiga xavf solishi mumkinligi xayolimga ham kelmagan edi. So`nggi daqiqalarga qadar o`t o`chiruvchilar ularni qutqarishiga ishongandik”, - dedi Markoning otasi Janino Gottardi italiyalik jurnalistlarga.

Uning aytishicha, yong`in paytida o`g`li u bilan muntazam aloqada bo`lgan, xovliqmay, xotirjam ohangda ularni tinchlantirishga harakat qilgan. Kvartirani batamom qora tutun qoplagandan keyin aloqa uzilgan. Yong`in paytida bino ichida 600 nafarga yaqin odam bo`lib, ularning asosiy qismi Afrika va Yaqin Sharq fuqarolari bo`lgan. Fojia oqibatidan 70 kishi halok bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, binoning ta`mirlash ishlari bilan shug`ullangan kompaniya eng arzon va tez yonuvchi qurilish materiallaridan foydalangan.

Sharhlar

Buxorodagi qamishzorlarda yong`in sodir bo`ldi, 100dan ortiq qutqaruv xodimlari jalb etilgan

26.08.2022, 08:40

Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi...
Namanganda qo`p qavatli uyda yong`in sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

22.12.2021, 10:59

Bu haqda Namangan FVB Matbuot xizmati xabar berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning 18 dekabr kuni soat 02-34da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini 101 qisqa raqamiga...
Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. 6 nafar fuqaro qutqarib qolindi, 1 kishi halok bo`ldi

11.10.2021, 12:16

Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 11 oktyabr kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida...
Samarqanddagi bog`chada yong`in sodir bo`ldi, bolalar evakuasiya qilingan

04.10.2021, 16:00

Bugun, 4 oktyabr kuni soat 14:36 da Samarqand shahar Bag`dod ko`chasida joylashgan maktabgacha ta`lim muassasasi oshxonasining tom qismida yong`in ro`y berdi. Bu haqda FVV Axborot...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1