42 yoshli Leonardo di Kaprioning “Oskar” mukofoti ta`sischilari bilan munosabati buzilishi mumkin, deb xabar berdi Pomada.cc nashri.
Gollivud yulduzining kolleksiyasida saqlangan yana bir — “Uoll-Stritlik bo`ri” filmi uchun olingan “Oskar”ni Red Granite kompaniyasi prodyuseri aktyorga sovg`a qilgan edi. Mazkur mukofotni 1955 yilda “Portda” nomli film uchun Marlon Brando qo`lga kiritgan edi. Bu mukofot uzoq yillar davomida Leonardo di-Kaprioning shaxsiy kolleksiyasida saqlandi. Endi esa mazkur mukofotni aktyor Malayziya davlat investision fondidan pul o`g`irlanganligi fakti yuzasidan tergov ishlarini olib borayotgan polisiyaga topshirdi. Chunki Red Granite prodyuserlik kompaniyasi “Uoll-Stritlik bo`ri” filmi s`yomkasi uchun davlat mablag`ini talon-taroj qilganlikda ayblangan. AQSh adliya vazirligi kartina huquqini xatlashga muvaffaq bo`ldi. O`tgan yilning kuzidan boshlab, Di Kaprio tergov bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.