AsosiyJamiyat

​Samarqand viloyati perinatal markazida tibbiy kislorod ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi

'​Samarqand viloyati perinatal markazida tibbiy kislorod ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Samarqand viloyati perinatal markazida tibbiy kislorod ishlab chiqarish generatori kichik zavodi hamda endoginekologiya o`quv markazi foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O`zA.

Shu munosabat bilan o`tkazilgan tadbirda O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari E.Bositxonova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida sog`liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xalqimizga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko`rsatishda yuksak samaralar berayotganini ta`kidladi.

Tibbiyot muassasasida Samarqand davlat tibbiyot institutining vrachlar malakasini oshirish fakulteti bazasida tashkil etilgan endoginekologiya o`quv markazi viloyat shifokorlarining endovizual ginekologiya sohasidagi malakalarini oshirishga xizmat qiladi. Bu erda ayni paytda Sog`liqni saqlash vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining “Yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish bo`yicha tibbiy va texnik xodimlar malakasini oshirish” loyihasi hamda “Karl storz”, ”Jonson&Jonson” kabi xalqaro tashkilotlar hamkorligida “Operativ ginekologiyada laparoskopiya va gisteroskopiya” mavzusida mahorat darslari o`tkazilmoqda.

Mahorat darslarida Moskva akusherlik-ginekologiya ilmiy-amaliy instituti bo`lim boshlig`i, professor A.Popov va institut mutaxassislari hamda mamlakatimizning ixtisoslashgan tibbiy markazlari shifokorlari, olimlar ishtirok etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar