AsosiyDunyo

​Qozog`istonlik shifokorlar bemor yigitning oshqozonidan ikkita qoshiq dastasini oldi

'​Qozog`istonlik shifokorlar bemor yigitning oshqozonidan ikkita qoshiq dastasini oldi'ning rasmi

Qozog`istonning Aktau shahri shifokorlari bemor yigitning oshqozonidan ikkita qoshiq dastasini oldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Har bir qoshiq dastasining uzunligi etti-sakkiz santimetrni tashkil etadi. 27 yoshli bemor yigit vrachlarga o`z joniga qasd qilmoqchi bo`lganligini ma`lum qildi. Mazkur qoshiq dastalari katta bo`lgani bois og`iz orqali olishning iloji bo`lmagach, operasiya qilishga to`g`ri keldi. Laproskopik usul bilan uchta teshik ochish orqali yigitning oshqozonidagi begona jism olib tashlandi. U ertasigayoq oyoqqa turdi.

Boshqa yangiliklar