O`zbek estradasida o`ziga xos yo`nalishga ega bo`lgan xonanda Sardor Mamadaliev laganbardor insonlarni yangi qo`shig`i uchun mavzu sifatida tanladi va ularni “ishi tushsa, eshakni ham tog`a deyishda” aybladi.
Sardor bundan avval ham boshqalarnikiga o`xshamagan yo`nalishlarda qo`shiq kuylab kelgan. Masalan, xonanda ijrosidagi “Raqamlar” qo`shig`i muxlislar e`tiboriga havola etilganidan so`ng ancha muddat shov-shuvlarga sabab bo`lgan edi.
Xonandaning yangi qo`shig`i ham qizg`in muhokamalar markazida bo`lishi tayin. Sababi, qo`shiq jarayoni aks ettirilgan video xonandaning Instagram`dagi sahifasiga joylashtirilganidan so`ng muxlislar o`zlarining turli fikrlarini yozib yozib qoldirmoqda.
Ayrimlar xonandani navbatdagi omadli qo`shiq bilan tabriklagan bo`lsa, boshqalar xonandaga nisbatan tanqidiy fikrlarni bildirmoqda.
Xususan, muxlislardan biri “Mavzu topolmay, endi hayvonlar haqida qo`shiq kuyladingizmi?” deb yozib qoldirdi.
“Ishi tushib qolsa agar,
Eshshakni xam tog`a demishlar,
Bu so`zlarni aytganlar,
Bekorlarni Emishlar.
Bu so`zlarni aytganlar,
Og`am emas inimmas,
Balki tog`am eshshakdir,
Lekin eshshak tog`ammas”,—deyiladi xonandaning yangi ijod mahsulida.