Polisiyachilar Adler vokzalida Kaliningrad shahrida yashovchi buvisinikiga borish uchun yolg`iz yo`lga chiqqan 8 yoshli qizchani qo`lga oldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Adler shahar temiryo`l bekatida turgan qizchaga transport polisiyasi xodimlarining ko`zi tushdi. Qizcha yolg`iz bo`lib, qo`liga ayollar sumkachasi va ulkan chamadonni tutib olgandi. U polisiyachilarga vokzal binosida ota-onasi kutayotganligini bildirdi, ammo uning so`zlari yolg`on bo`lib chiqdi.
Qizcha voyaga etmaganlar bilan ishlash bo`limiga olib kelindi. Bu erda kichkina “sayohatchi” yozgi ta`tilni o`tkazish uchun Kaliningraddagi buvisinikiga bormoqchi bo`lganligini, ota-onasi unga kam vaqt ajratishini, e`tibor bermasligini ma`lum qildi. Polisiyachilar qizcha bilan profilaktik suhbat o`tkazdi, u ikkinchi marotaba uydan qochib ketmaslikka va`da berdi. Shundan keyin qizcha ota-onasining qo`liga topshirildi.