​Toshkentda milliy filmlarni professional baholash Interaktiv munozara klubi tashkil etildi

Jamiyat 21.06.2017, 16:01
Teglar: Film, Toshkent, 2017 yil
​Toshkentda milliy filmlarni professional baholash Interaktiv munozara klubi tashkil etildi

“O`zbekkino” Milliy agentligi va Kinematografiyani rivojlantirish markazining 2017 yil 19 iyundagi Qo`shma qaroriga asosan Kinoloyihalar va kino mahsulotlarni (filmlarni) professional baholash Interaktiv munozara klubi faoliyati tashkil etildi.

Klub xususiy kinostudiyalarning ijodiy faoliyatiga ko`maklashish, ular tomonidan yaratiladigan filmlarning sifati va badiiy darajasini oshirish,yoshlarning ma`naviy va ahloqiy ongini turli yot g`oyalardan himoya qilish, ommaviy madaniyatning kirib kelishini oldini olish maqsadida ish boshladi.

Interaktiv munozara klubining asosiy maqsadi kinoloyihalarni va Respublikadagi kinoteatr va kinozallarda namoyish qilinayotgan milliy va xorijiy filmlarni professional baholash va ushbu haqdagi axborotlarni jamoatchilikka etkazishdan iboratdir.

Interaktiv munozara klubida kinoloyihalar va filmlarni professional baholash jamoatchilik asosidagi ekspertlar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Kengash tarkibiga madaniyat va san`at arboblari, kinoshunoslar, ssenarist va rejissyorlar, kinematografiya tashkilotlari vakillari kiritiladi.

Kinoijodkorlar o`zlarining loyihalari yoki tayyor filmlarini Interaktiv munozara klubi muhokamasiga qo`yish va malakali mutaxassislarning zarur tavsiyalarini olish orqalibadiiy jihatdan sifatli kino asarlari yaratishimkoniyatiga ega bo`ladilar.

Interaktiv munozara klubi Kinematografiyani rivojlantirish markazida faoliyat yuritib, kinoloyihalar va filmlarni muhokamaga qo`yish uchun mablag` undirilmaydi.

Kinoloyihalar va kino mahsulotlarni (filmlarni) professional baholash interaktiv munozara klubi to`g`risidagi Nizom bilan Kinematografiyani rivojlantirish markazining veb-saytida tanishish mumkin.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Toshkentda pod`ezdda qizga tegajog`lik qilgan yigit ushlandi (video)

06.09.2023, 10:12

Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...
Toshkentda yomg`ir sabab xonadonlarning balkonlari qulab tushdi (video va foto)

03.04.2023, 10:05

Kecha, 2 aprel kuni Toshkent shahrida kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida turli suv toshqinlari yuzaga keldi. Ma`lum qilinishicha, poytaxtda bir necha soat ichida oylik yog`inning uchdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1