1

​Olimlar Misrdan Er yuzidagi eng qadimiy oyoq protezini topdi

Dunyo 21.06.2017, 17:26
​Olimlar Misrdan Er yuzidagi eng qadimiy oyoq protezini topdi

Arxeologlar qadimiy misrlik mashhur ayolning maqbarasidan oyoq kaftining yo`qotilgan qismiga o`rnatilgan protezni topishdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Qazish ishlariga rahbarlik qilgan Syuzanna Bikel (Susanne Bickel)ning ma`lumot berishicha, mazkur topilma Luksordan uzoq bo`lmagan joydagi Shayx Abdel-Kurnadan topilgan. Bu erga Qadimiy Misrda 3,5-3 ming yil ilgari yashagan mashhur odamlar dafn etilgan. So`nggi yillarda Shayx Abdel-Kurnadan o`nlab yangi maqbaralar topilgan. Ulardan biri qoyaga joylashgan bo`lib, olimlar uni topgunga qadar mahalliy aholi tomonidan talon-taroj qilingan. Maqbaralardan birini o`rganayotgan olimlar tasodifan odmigina qabrga duch kelishdi. Bu qabrdagi buyumlar ham o`g`irlanganiga qaramay, uning ichidan mo`miyo qoldiqlari va Qadimiy Misr tibbiyoti haqidagi fikrlarni tubdan o`zgartiruvchi protez-oyoq topildi. Maqbaraga dafn etilgan ayolga bundan ming yillar ilgari inson anatomiyasini va yog`och o`ymakorligini mukammal bilan mutaxassis haqiqiy protez oyoq o`rnatgan. Rentgen va tomografiya fotosuratlari misrlik ayolning oyog`idagi protez bir necha marotaba oyoq shakliga qarab o`zgartirilganligini aniqladi. Shuning uchun ham u keyinchalik yaratilgan yog`och oyoqlardan farqli ravishda ayolning yurish-turishiga, harakatlanishiga xalaqit qilmagan. Arxeologlarning fikricha, bunday murakkab va chiroyli protez egasi mashhur va boy ayol bo`lgan. Ayni paytda misrlik arxeologlar shvesariyalik hamkasabalari bilan birgalikda Shayx Abdel-Kurnadan Qadimiy Misrning gullab-yashnagan davriga tegishli bo`lgan, bundan-da “yuqori texnologiyali” artefaktlarni topish maqsadida qazish ishlarini olib bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1