Asfandiyorov nomli Qozog`iston tibbiyot universitetida o`qiydigan chet ellik — iordaniyalik va hindistonlik talabalar norozilik namoyishini o`tkazdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Ular universitet o`qituvchilarini o`zlariga nisbatan adolatsiz munosabatda bo`layotganlikda aybladi. Norozilik namoyishi o`tkazgan talabalar davlat granti asosida ta`lim olishadi. Talabalarning aytishicha, o`qituvchilar ularni imtihondan “ataylab yiqitgan”. Xususan, “Anatomiya”, “Gistologiya”, “Bioximiya” va “Molekulyar biologiya” fanlaridan eng past balli bahoni qo`yishgan. Agar ular yuqorida nomlari keltirilgan fanlardan kam ball to`playdigan bo`lsa, ta`lim uchun pul to`lashlariga to`g`ri keladi. Chet ellik talabalar o`qituvchilarni o`zlariga nisbatan hurmatsizlik qilayotganlikda ham ayblashdi. Norozilik namoyishidan yuzdan ortiq talaba ishtirok etdi. Ular o`zlarini tashvishga solgan savolga javob olmaguncha, polda o`tirishdi. Xalqaro tibbiyot fakulteti dekani Gavhar Qurmanova talabalarning shikoyati o`rganilayotgani haqida ma`lumot berdi.

Qozog`iston tibbiyot universitetida mingdan ortiq chet ellik talaba ta`lim oladi.






