Dunyoni zabt etishga va`da bergan, ayolni eslatuvchi robot — Sofiya tongi Good Morning Britain teleshousi efirida o`ziga juft bo`la oladigan ideal erkak haqida ma`lumot berdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
YouTube-kanalida mazkur videoni bir sutka davomida 17 ming foydalanuvchi tomosha qildi. Sofiya Buyuk Britaniya bilan AQSh o`rtasidagi farqni aytib o`tdi, o`tirganlarga latifa aytib berdi va boshlovchiga ideal erkak haqidagi o`z fikr-mulohazalarini bildirdi. “Texnik tomondan endi bir yoshga to`ldim, romantika haqida o`ylashga hali juda yoshlik qilaman”, dedi Sofiya va shu bilan birga ideal erkak super-aqlli, mehribon va iste`dodli bo`lishi lozimligini ma`lum qildi.
Odamga o`xshab yaratilgan Sofiya 60 dan ortiq his-hayajonni ifodalay oladi. Sofiyaning ko`ziga suhbatdoshini ko`rish, u bilan aloqa qilish uchun maxsus kamera o`rnatilgan. Gumanoidni yaratgan Devid Xanson (David Hanson) uni britaniyalik aktrisa Odri Xyopbernga o`xshatishga harakat qilgan. Sofiya ilk marotaba Jenevada sun`iy intellektga bag`ishlangan sammitda namoyish qilingan edi. “Odamlarni o`ldirasanmi?”, deb berilgan savolga Sofiya ijobiy javob berdi. Keyinchalik Amerika televideniesida chiqish qilgan Sofiya dunyoni zabt etish istagi borligini ma`lum qilib, ortidan buni hazil, deb izohladi.