Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan chaqiruv asosida Qutqaruv otryadi komandiri boshchiligidagi qutqaruvchilar Norin tumaniga zudlik bilan etib borishdi.
Qutqaruv otryadi etib borganda, Norin daryosining ko`prigidan oqim bo`yicha 500 metr pastda hosil bo`lgan orolchada 4 nafar fuqaro (1991 y.t. Umurzakov B., 1980 y.t. Ubaydullaev A., 1994 y.t. Soliev S., 1994 y.t. Jamalov A.)lar suv sathi balandligi va oqim tezligi sababli qirg`oqqa chiqolmasdan yordamga muhtoj bo`lib turishgandi.
O`z vaqtida tezkorlik bilan amalga oshirilgan qutqaruv ishlari natijasida yuqorida ismlari ko`rsatilgan fuqarolar qirg`oqqa olib chiqildi va hayoti saqlab qolindi.
2017 yilning 20 iyun kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahrida joylashgan “Yoshlik” ko`liga Qiziltepa tumani “O`zbekiston” Mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Izzatova cho`milish maqsadida keladi.
Xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan fuqaro suvda cho`ka boshlaydi. Mazkur vaziyatni darhol payqagan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari fuqaro Sh.Izzatovani suvda qutqarib, birinchi tibbiy yordam ko`rsatib hayotini saqlab qolishdi.
Hurmatli fuqarolar, suv havzalarida cho`milayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni hamda faqat ruxsat berilgan, qutqaruvchilar navbatchilik olib borayotgan suv havzalarida cho`milishingizni so`raymiz.