AQShning Arizona shtatidagi Finiks shahrida yashovchi erkak itini shaqildoq ilondan qutqarish uchun ilonga o`zini chaqtirdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
62 yoshli Maykl Siburg (Michael Seaburgh) hovlisidagi basseynni tozalayotganda g`alati ovozni eshitdi. Ilon tozalash asboblarining tagiga yashiringan edi. Mayklning iti g`alati tovush kelayotgan joyga yugurib borib, tozalash asboblarining tagiga burnini tiqdi. Shu payt itga tashlangan ilonni Maykl qo`li bilan to`sdi, oqibatda ilon uni chaqdi. Unga birinchi yordam ko`rsatildi, ayni paytda Mayklning hayoti xavf ostida emas.
Amerikada har yili shaqildoq ilon 15 mingga yaqin uy hayvonlarini chaqadi. 80 foiz holatda ularni qutqarishning iloji bo`lmaydi. Odamlar uchun shaqildoq ilonning zahri xavfli emas. Agar odam ikki soat mobaynida zaharga qarshi dorini ichsa, hech narsa qilmaydi. Bir foiz holatdagina shaqildoq ilonning zahri odamni o`ldirishi mumkin.