AsosiyJamiyat

​Toshkentdagi poliklinikalarning har biriga ikkitadan DAMAS avtomashinalari topshirildi

'​Toshkentdagi poliklinikalarning har biriga ikkitadan DAMAS avtomashinalari topshirildi'ning rasmi

Joriy yilning 22 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan “Shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimi: dolzarb masalalar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi.

Tadbirda birlamchi tibbiy bo`g`inda tibbiy xizmatning tezkorligini ta`minlash va shu orqali shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga tushayotgan yuklamalarni engillashtirish maqsadida yaqinda poytaxtimizdagi jami 60 ta shahar oilaviy poliklinikalarning har biriga ikkitadan, jami 120 dona “DAMAS” rusumli avtomashinalar topshirildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Endilikda bemorlarning uyiga borib, eng kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirish, zarur holatlarda ularni oilaviy poliklinika yoki boshqa tibbiyot muassasasiga etkazib borish xamda patronaj xizmatini ko`rsatish kabi vazifalar o`z vaqtida, kechiktirilmay amalga oshiriladi.

Avtomashinalar o`z hududi bo`ylab harakatlangani bois, yo`llar tirbandligidan kelib chiqadigan tez yordam birigadalarining kechikishi kabi holatlarning oldi ham olinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar