AsosiyJamiyat

​O`zbekiston OTMdagi qo`shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi

'​O`zbekiston OTMdagi qo`shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi'ning rasmi

2017 yil 20 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta`lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorda bakalavriat va magistratura bosqichiga talabalarni qabul qilishning yangi tartiblari belgilangan.

Shuningdek, qarorda abiturientlarni to`lov-kontrakt bo`yicha belgilangan kvotadan tashqari qo`shimcha ravishda o`qishga qabul qilinishining tartibiga oydinlik kiritildi va unga ko`ra ko`pchilik abiturientlarni qiziqtirib kelayotgan savollarga javob olish mumkin.

Quyida Sizlarga mazkur tartibning eng asosiy jihatlari haqida ma`lumot bermoqchiman:

Qo`shimcha kontrakt natijalari qachon aniq bo`ladi?

Qo`shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta`lim muassasalari tomonidan bo`ysunuvi bo`yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktyabrga kadar Davlat komissiyasiga kiritiladi;

Davlat komissiyasi oliy ta`lim muassasalarining imkoniyati, tanlov va to`plangan ballar miqdoridai kelib chiqib, oshirilgan to`lov-kontrakt sharti bilan abiturientlarni ko`shimcha kabul qilish ko`rsatkichlari yuzasidan 20 oktyabrga qadar qaror qabul qiladi.

Qo`shimcha kontrakda o`qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

Etarli ball to`play olmagan abiturientlar qo`shimcha kontraktda o`qish uchun test natijalari e`lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak. Ballar ketma ketligi bo`yicha ro`yxatdagi oldingi abiturient qo`shimcha to`lov-kontrakt asosida o`qishni arizasi bilan rad etgan holda yoki test sinovi natijalari e`lon qilingan kunidan boshlab bir oy muddatda ariza bermaganda ro`yxatdagi keyingi abiturient qo`shimcha to`lov-kontrakt asosida o`qishga tavsiya etiladi.

Kirish baliga necha ball etmagan abiturientlar qo`shimcha kontraktda o`qiy oladi?

Qo`shimcha qabulga abiturientlar 2 xil kategoriya bo`yicha qabul qilinadi:

1. To`plagan balli qabul chegaralariga 4 ballgacha etmagan abiturientlar;

2. 68 balldan ko`p to`plagan barcha abiturientlar.

Bular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

Eng avvalo ular to`laydigan oshirilgan kontrakt narxida keskin farq bo`ladi. Bundan tashqari to`plagan balli qabul chegarasiga 4 ballgacha etmay qolgan abiturientlarda kvotaga tushish imkoniyati ko`proq bo`ladi.

Oshirilgan kontraktning narxi qancha?

Oshirilgan to`lov-kontrakt miqdori amalda o`rnatilgan to`lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1-toifa

To`plagan ballari tasdiqlangai to`lov-kontrakt bo`yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha etmagan abiturientlar uchun – 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha etmaganlar uchun – 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha etmaganlar uchun – 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha etmaganlar uchun – 3,0 barobar.

2-toifa

Kirish sinovlarida to`plagan natijalari eng yuqori ballning 30% (68,0 ball)dan kam bo`lmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qo`shimcha o`rinlarga (4 ballik hudud) qabul qilinmay qolgan va o`qish istagini bildirgan abiturientlar amalda o`rnatilgan to`lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan to`lov-kontrakt miqdorida to`lov to`lash sharti bilan o`qishga qabul qilinadi.

Bu erda e`tibor bersak, 10 barobar miqdorida deyilmagan, aksincha 10 barobardan ortiq miqdorda deyilgan. Bu degani ayrim OTMlarda 10, ayrimlarida 15, ayrimlarida 20 barobar bo`lishi mumkin.

Bunda, qaysi OTMda oshirilgan to`lov-kontrakt miqdori qancha bo`lishini ta`lim yo`nalishi xususiyatidan kelib chiqib, Davlat komissiyasi belgilaydi.

Oshirilgan kontrakt har yili to`lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to`lanadi. Qo`shimcha qabul qilingan talabalar birinchi o`quv yilini tugatgandan so`ng keyingi o`quv yilidan boshlab amalda o`rnatilgan bazaviy to`lov-kontrakt miqdori asosida o`qishini davom ettiradilar.

Manba: Xushnudbek.uz

Boshqa yangiliklar