Afg`onistonning Lashkargoh shahridagi “Qobul yangi banki” binosi yonida minalangan avtomobil portladi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Portlash oqibatida 15 kishi halok bo`ldi, 50 ga yaqin odam yaralandi. Portlashdan keyin mazkur tumanda jangarilar guruhi otishmani boshladi. Qurbon bo`lganlar soni ortishi mumkin. Portlash mas`uliyatini Afg`onistonda mavjud bo`lgan birorta terrorchilik guruhi o`z bo`yniga olmadi. Lashkargoh shahri Gilmend viloyati poytaxti hisoblanadi. Shahar aholisi 45 ming kishidan ortiq.