AsosiyDunyo

​“Arvoh ovlovchilar” filmi yulduzi o`z joniga qasd qildi

'​“Arvoh ovlovchilar” filmi yulduzi o`z joniga qasd qildi'ning rasmi

“Arvoh ovlovchilar-2” filmida bolakay Oskarning rolini ijro etgan amerikalik aktyor, 29 yoshli Genri Doychendorf o`z joniga qasd qildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Kaliforniya polisiyasi bergan ma`lumotga ko`ra, Doychendorf uzoq vaqtdan beri depressiyadan aziyat chekkan.

Fojia 14 iyun kuni ro`y berganiga qaramay, bu haqda endi xabar berildi. Genri “Arvoh ovlovchilar-2” filmida suratga tushgan akasi Uilyam bilan birga istiqomat qilgan.

Uilyam 14 iyun kuni kechqurun akasini o`lik holda shkafdan topgan. Uning aytishicha, Genri anchadan beri depressiyadan aziyat chekkan. Genri Doychendorf Kaliforniyaning Eskandido shahriga dafn etildi. Egazak aka-ukalar fantastik filmda birgalikda bolakay Oskar rolini ijro etgan. Film syujetida bolaning ichiga yovuz ruh kirib olishga harakat qiladi.

Boshqa yangiliklar