Janubiy Afrika Respublikasidagi qishloqlardan birida “yarim odam” qo`zichoq dunyoga keldi, deb xabar beradi “Vesti”.
Qishloq oqsoqollarining fikricha, o`lik holda tug`ilgan g`ayrioddiy qo`zichoq “do`zaxdan chiqqan balo”dir.
Mazkur hodisani o`rganish uchun qishloqqa etuk mutaxasislar tashrif buyurdi.
Biologlar “mahluq” rostan ham insonga xos belgilarga ega ekanligini aniqlashdi.
Ma`lum bo`lishicha, qo`zichoqni dunyoga keltirgan qo`y hayvonlar orasida keng tarqalgan genetik xastalik bilan kasallangan. Oqibatda esa to`la-to`kis shakllanmagan qo`zichoq tug`ilgan.