AsosiyJamiyat

​“O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasining 250 ta to`plami milliy va jahon kutubxonalariga taqdim etildi (FOTOREPORTAJ)

'​“O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasining 250 ta to`plami milliy va jahon kutubxonalariga taqdim etildi (FOTOREPORTAJ)'ning rasmi

23 iyun kuni O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O`zRFA huzuridagi Sharqshunoslik instituti, “YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi, “Uzbekistan Today” axborot agentligi, “Mening yurtim” va “Karavan-TV” telekanallari tomonidan “O`zEOAVMA Media hall”da “Uzoq o`tmishdan maktublar: ta`lim, ma`rifat, tinchlik va bunyodkorlik o`zbek xalqining abadiy qadriyatlari sifatida” mavzuidagi xalqaro media-anjuman o`tkaziladi.

Media-anjumanda qatnashish uchun O`zbekiston Respublikasi ilmiy jamoatchiligi, milliy kutubxonalar, davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus hamda OAV vakillari taklif etildi.

Media anjumanda “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumiga kiritilgan 13-jild, ya`ni Toshkent viloyatiga bag`ishlangan kitob-albom taqdimoti ham bo`lib o`tdi. Mazkur kitob viloyatdagi “Zangi ota” mehmoriy majmuasi va bir qancha osori atiqalardagi bitiklarga bag`ishlangan.

“O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” nomi ostida jami 25 jildli kitob-albomlar turkum-loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 6 apreldagi Qarori asosida amalga oshirilmoqda.

“O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi doirasida hukumat va jamoat tashkilotlari ko`magida mamlakatimizdagi me`morchilik obidalaridagi bitiklarni o`rganish va umumlashtirish, turkum kitob-albomlar ko`rinishida taqdim etish bo`yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bungacha biror-bir musulmon mamlakatida ana shunday ishlarga qo`l urilmagan.

Ayni paytda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi qadimiy me`moriy obidalardagi epigrafik matnlarni o`qish va ularni tarjima qilish bo`yicha boy tajribaga ega mutaxassislardan tarkib topgan ijodiy guruh tashkil etildi.

Mazkur loyiha tashkil etilganidan beri unga O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov rahbarlik qilib kelmoqda.

O`tgan yillar davomida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Farg`ona, Qashqadaryo viloyatlari, Xiva va Toshkent shaharlari, shuningdek, Samarqandning ikki yirik tarixiy me`moriy majmuasi – Registon va Shohi Zinda bitiklariga bag`ishlangan jami 12 ta kitob-albom taqdim etildi.

Tadbirning muhim voqeasi sifatida “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasining 3250 dona kitob-albomini o`z ichiga olgan 250 ta to`plamni ilmiy-ta`lim muassasalari, milliy va jahon kutubxonalari hamda muzeylar vakillari, diplomatik missiyalar rahbarlariga hadya sifatida taqdim etishga bag`ishlangan ilmiy-ma`rifiy aksiya o`tkazildi.

Ilmiy-ma`rifiy aksiya doirasida “Darakchi inform service” MChJ tomonidan to`plamlarni hadya sifatida olish huquqini beruvchi sertifikatlar tantanali topshirildi.

Loyiha mualliflarining ushbu to`plamni dunyo kutubxona va muzeylariga taqdim etish g`oyasini katta olqishlar bilan kutib olishdi. Muqaddas kunlarda bunday tuhfa qilinganligi, nafaqat bugun balki kelajak avlod uchun katta me`rosligi alohida ta`kidlandi.


Eslatib o`tamiz: “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi kitoblar loyihaning birinchi bosqichini qamrab oladi. Ushbu loyiha bo`yicha ishlar ikkinchi bosqichida davom ettiriladi va keyingi kitob-albomlar O`zbekiston bo`yicha dastlabki jildlarga kiritilmagan obidalardagi bitiklarga bag`ishlanadi. Umumiy hisobda 25 jildli kitob-albomlar chop etilishi rejalashtirilgan.

Yig`ilganlar mazkur loyiha O`zbekiston madaniy me`rosini butun dunyoga yoyishda, Islom dunyosini qay darajada insonni komillikka etaklovchi ekanligini butun dunyo ahliga etkazishda katta ahamiyatga ega ekanligini qayd etishdi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari Abdulaziz Mansurov "Islom dini faqat nurli hayotga ilm-ma`rifatga, yaxshilikka undovchi yo`l" mavzuida o`zlarining ma`ruzalari bilan ishtirok etdilar. Tadbirga tashrif buyurgan bir guruh olimlar nomidan Shayh Abdulaziz Mansurga zarbop to`n kiydirildi.



    Boshqa yangiliklar